Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kumanni Barselona aeroportida ko‘rishdi

Kumanni Barselona aeroportida ko‘rishdi

Автор: admin

Nilerlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanni Barselona aeroportida ko‘rishgan, deb yozadi Marca.
Kuman – «Barselona» bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlardan biri. Avvalroq «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning iste’foga chiqarilganini e’lon qilgandi. Shuningdek, sport direktori Erik Abidal ham Seten bilan birga ishdan ketishi ma’lum bo‘ldi. Chukni fransuz YeCHL chorakfinalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga (2:8) qarshi bahsdagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng ham murabbiyni qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, Kumanning Niderlandiya futbol ittifoqi bilan tuzgan shartnomasida, agar u «Barselona»dan taklif olsa, Yevro-2020dan so‘ng lavozimini tark etishi mumkinligi haqidagi band bor.
Ma’lumot uchun, Kuman faoliyati davomida 1989-1995 yillar oralig‘ida kataloniyaliklar tarkibida o‘ynagan.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *