Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Messi shu yozda klubdan ketmoqchiligi haqidagi xabarlarni rad etdi

«Barselona» Messi shu yozda klubdan ketmoqchiligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Автор: admin

«Barselona» rahbariyati klub forvardi Lionel Messidan katalonlar klubini tark etish haqida so‘rov olmagan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Avvalroq Esporte Interativo jurnalisti Marselo Bexler 33 yoshli argentinalik rahbariyat faoliyatidan norozi bo‘lib, shu yozdayoq klubni tark etmoqchi bo‘layotgani haqida xabar bergandi. Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»dan qabul qilib olingan 2:8 hisobidagi mag‘lubiyat so‘nggi tomchi bo‘lgani aytilgandi.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, Messi kataloniyaliklar klubidan ketish bo‘yicha rahbariyatga hech qanday murojaat qilmagan.
2019/20 yilgi mavsumda Messi barcha turnirlar doirasida 44 o‘yinda maydonga tushib, 31 gol urdi va 24 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ayni vaqtda unga «Manchester Siti» va «Inter» kabi klublardan qiziqishlar mavjud.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *