Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu Pirlo bilan «Yuventus»dagi kelajagini muhokama qildi

Ronaldu Pirlo bilan «Yuventus»dagi kelajagini muhokama qildi

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya klubida o‘ynashni davom ettirishga qaror qildi.
Portugaliyalik jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirloga qo‘ng‘iroq qilib, 41 yoshli mutaxassis bilan klubdagi kelajagini muhokama qildi. Murabbiy Ronalduni «Yuventus»ning asosiy o‘yinchisi ekanligiga ishontirdi. Klub uni sotmoqchi emas.
35 yoshli futbolchi jamoa uni sotishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga ortiq quloq solmaydi. Ronalduga Pirloning bosh murabbiy etib tayinlangani ma’qul bo‘ldi.
Avvalroq VVS jurnalisti Gilem Balage «Yuventus» Ronaldudan uning yuqori maoshi tufayli qutulmoqchi ekanligi, hujumchini barcha grand klublarga, shu jumladan, «Barselona»ga ham taklif qilinganini xabar qilgandi.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *