Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: «Barselona» Kuman bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Manba: «Barselona» Kuman bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Автор: admin

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman yaqin orada «Barselona» bosh murabbiy etib tayinlanadi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, 57 yoshli mutaxassis «ko‘k-anorranglilar» bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning iste’foga chiqarilganini e’lon qilgandi.
Ma’lumot uchun, Kumanning Niderlandiya futbol ittifoqi bilan tuzgan shartnomasida, agar u «Barselona»dan taklif olsa, Yevro-2020dan so‘ng lavozimini tark etishi mumkinligi haqidagi band bor. Sobiq himoyachi 1989-1995 yillar oralig‘ida kataloniyaliklar tarkibida o‘ynagan.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *