Goal24.uz » Yevropa jamoalari » XXI asrda bir mavsumning o‘zida eng ko‘p penalti tepgan klublar ma’lum bo‘ldi

XXI asrda bir mavsumning o‘zida eng ko‘p penalti tepgan klublar ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Yevropa Ligasi 1/2 finalidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi o‘yinda (1:2) 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.
Bu Manchester klubi uchun 2019/20-yilgi mavsumda barcha turnirlardagi 22-penalti bo‘ldi.
Opta’ning yozishicha, bu 2015/16-yilgi mavsumdan keyin kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. 2016-yilda Kataloniyaning “Barselona” klubi foydasiga 24 ta penalti belgilangandi.
XXI asrda bir mavsumning o‘zida eng ko‘p penalti tepgan klublar
  • “Barselona” — 2015/16-yilgi mavsumda 24 ta penalti
  • “Manchester Yunayted” — 2019/20-yilgi mavsumda 22 ta penalti
  • “Latsio” — 2019/20-yilgi mavsumda 20 ta penalti
  • “Barselona” — 2011/12-yilgi mavsumda 20 ta penalti
  • “Yuventus” — 2019/20-yilgi mavsumda 19 ta penalti
  • “Real Madrid” — 2017/18-yilgi mavsumda 18 ta penalti
  • “Chelsi” — 2012/13-yilgi mavsumda 18 ta penalti
  • “Jenoa” — 2019/20-yilgi mavsumda 17 ta penalti
  • “Roma” — 2019/20-yilgi mavsumda 17 ta penalti
  • “Roma” — 2010/11-yilgi mavsumda 17 ta penalti
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *