Goal24.uz » Transfer » “Barselona” tarkibni “tozalamoqchi”

“Barselona” tarkibni “tozalamoqchi”

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Suares ketadi!

Taniqli “Mundo Deportivo”ning ma’lum qilishicha, “Barselona” Luis Suaresni sotib yuborishga qaror qilgan.
“Bavariya”dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng, “Barselona” tarkibni qayta shakillantirish maqsadida birinchi qadamni shu yo‘sinda tashlamoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 33 yoshli futbolchining transferi ortidan “Barsa” katta miqdorda pul ishlabolishni reja qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Luis bilan “River Pleyt” va “Inter” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.
“Brayton” himoyachisi nishonda
 
Angliyaning “Brayton” klubi markaziy himoyachisi Lyuis Dank yangi mavsumni grand jamoalardan birida boshlashi mumkin.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Dank uchun asosiy fovorit “Tottenhem” va “Chelsi” klublari bo‘lib turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Brayton” o‘z sardorini 40 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
“Barselona” tarkibni “tozalamoqchi”
 
Yevropa chempionlar ligasidagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, Kataloniya klubi tarkibidagi futbolchilarning bir nechtasi bilan xayrlashishga qaro qildi.
“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, jamoada Messi, De Yong, Ter Shtegen va Fatidan boshqa barcha futbolchilar borasida klub takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, Usman Dembele, Umtiti, Pike, Ivan Rakitich, Arturo Vidal, Antuan Grizman, Jordi Alba, Samedu va Serhio Robertolar katta ehtimol bilan transferga qo‘yiladi.
Oz qoldi…

Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Bavariya” yarim himoyachis Tiago Alkantara transferini e’lon qilishiga tobora oz fursat qolmoqda.
“RMS Sport”ning ma’lum qilishicha, Tiago allaqchon “Liverpul” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Bundan tashqari, u “qizillar”ning eng katta maosh oluvchi uchta futbolchisidan biriga aylanishi kutilmoqda.
Manbada ma’lum qilinishicha, ushbu transfer haqidagi rasmiy ma’lumot YECHL yakunlangach e’lon qilinadi.
“Lester” yngi kipper izlamoqda
 
Angliyaning “Lester” jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyhel boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida avvalroq xabar bergan edik.
“Chelsi” va “Manchester Yunayted” nishonida turgan daniyalik darvozabonning o‘rnini “tulkilar” PSJ kipperi Serhio Riko bilan to‘ldirishni reja qilgan.
“The Sun” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yakunlangan mavsumni “Fulhem”da ijara asosida o‘tkazgan darvozabon bilan allaqachon kontakt o‘rnatilgan va u Kasper ketishi bilan jamoaga jalb etiladi.
Vernerning o‘rnini kim egallaydi?

Germaniyaning “Leypsig” klubi Timo Vernerning o‘rnini to‘ldirishga qodir yangi hujumchi izlashda davom etmoqda.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida Turkiya chempionati to‘purari Aleksander Serlot turibdi.
“Trabzonsport” jamoasi hujumchisi bu mavsumda 34 ta o‘yinda 24 ta gol kiritdi va barchaning e’tiboriga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchining transfer huquqi “Kristan Pelas” jamoasiga tegishli bo‘lib, jamoa uni 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *