Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona”ning yangi murabbiyi haqida 7 ta fakt

“Barselona”ning yangi murabbiyi haqida 7 ta fakt

Автор: admin

Goal24.uz “Barselona” jamoasi postini katta ehtimol bilan egallovchi Ronald Kuman ( Uni kecha Katalanoya shahriga tashrif buyurgani haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud) haqida qiziqarli faktlarni ma’lum qiladi.
1.Kroyfdan qo‘ng‘iroq
1988-yilda Kroyf o‘z orzusidagi “Barselona”ni tashkil etish ishlarini boshlab yuboradi. Aytishlaricha, u “Barselona”da ko‘rishni istagan birinchi futbolchi aynan Kuman bo‘lgan ekan. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, juda tezkor va kuchli zarba egasi sanalgan Ronaldni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi kutilmaganda juda cho‘zilib ketadi.
“Barselona”dan taklif tushgach, qahramonimiz bir yil davomida o‘ylab ko‘radi. Ochig‘i, o‘sha davrlarda u shundoq ham sayyoramizning eng kuchli klubi – PSV sharafini himoya qilar, 1988-yilda Yevropa chempionlar kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan edi. Boz ustiga, PSV ustozi Gus Hidding uni jamoada olib qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.
Barchasini yangi yil kuni soat tungi o‘nlarda qilingan qo‘ng‘iroq hal etadi. Kroyf Kumanning uy raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi va uning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashadi. Bir soat davom etgan suhbatdan so‘ng, Kroyf Ronaldni “Barsa”ga otishga ko‘ndiradi.
2. “Barselona”ga klub tarixidagi birinchi chempionlar kubogini taqdim etadi.
Gollandiyalik himoyachi Kataloniya klubida 6 mavsum davomida to‘p suradi (264 ta o‘yin, 88 ta gol). To‘g‘risi ushbu yillarni omadli deb bo‘lmaydi. Yohan vatandoshini jamaoga jalb etgan bo‘lsada, unga mos tushuvch pozitsiya tanlashga juda qiynaldi. Goh himoyada, goh qanot himoyasida, goh markazda ko‘rinish bergan Kumanning hatta yarim himoyachi sifatida o‘yin o‘tkazgan kunlari ham bo‘ldi. Hozir bu voqealarni hech kim eslamaydi, ammo uning 1991/92-yilgi Yevropa chempionlar kubogi finalidagi goli tarixga aylandi. Aynan o‘sha zarbadan so‘ng, “Barelona”ning xalqaro maydondagi zafarli yurishlari boshlandi.
3.Futbol oilasi farzandi
Ronald kumanning dadasi – Martin Kuman professional futbolchi bo‘lgan. “Groningen” klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaluvchi Martin 500 dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etgan va butsalarini “Groningen” klubida mixga ilgan. Bundan tashqari, uning akasi – Ervin Kuman ham professional futbolchilik faoliyatini olib borgan. O‘z vaqtida PSV sharafini himoya qilgan futbolchi ukasidan farqli o‘laroq ulkan g‘alabalarga erishmagan. Ronaldning o‘zi ham oila a’zolari singari katta futbolga “Groningem” klubida kirib keldi. Keyinroq PSV, “Ayaks”, “Barselona” va “Feynord” singari jamoalarda to‘p tepdi.
4.Karyerasi davomida 246 ta gol kiritgan! U eng sermahsul himoyachi!
Uning markaziy himoyachi ekanligini inobatga olsak, gollari soni barchani hayratga solishi aniq. 763 ta rasmiy o‘yinda 246 ta gol. Bu har bir o‘yinda o‘rtacha 0,33 ta gol degani! 1981/88-yilgi mavsumda qahramonimiz 26 ta gol kiritgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
5. Avvalroq “Barselona”ni boshqargan
Agar “Barselona” va Kuman o‘rtasida shartnoma imzolansa, bu gollandning Kataloniyaga uchinchi bor kelishiga aylanadi. Avvalroq qahramonimiz (1989-95) futbolchilik faoliyatini “Barsa”da o‘tkazgan bo‘lsa, keyinroq Lui Van Galga yordamchi sifatida (1998/2000) “Barselona” murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Keyinroq Gollandiya terma jamoasi shtabidagi tajriba ortirishdan so‘ng, unga “Vitess” jamoasi ish taklif qiladi.
6. “La Liga” begona emas
Kuman uchun “La Liga”ga ko‘nikish muammo tug‘dirmasligi aniq. Sababi, qahramonimiz “Valesniya” bilan bir necha oy davomida shug‘ullangan va o‘ziga hos yutuqlarga erishgan.
Kike Sanches Floresning kutilmaganda iste’foga chiqarilishidan so‘ng, jamoa tepasiga kelgan Ronald “La Liga”da mag‘lubiyatlar seriyasini namoyish etadi. Chempionat yakuniga 5 tur qolgan bir paytda havfli zonadan 2 ochko oldinroqda turgan “Valensiya” murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuboradi. Qanday yutuqqa erishgan deysizmi?
Qahramonimiz qisqa muddat faoliyat olib borgan bo‘lsada, “Valensiya” bilan Ispaniya kubogi (Qirol kubogi)da zafar quchishga muvaffaq bo‘ladi. Final oldidan “Barsa” va “Atletiko”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Valensiya” finalda “Xetafe”ni (3:1) ortiqcha muammosiz mag‘lub etadi.
7. “Qochoq” murabbiy
Biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin Kuman yaxshiroq taklif kelib tushishi bilan o‘z ish joyini tashlab ketish borasida chinakam “professional”. Misol uchun: agar “Barsa” bilan shartnoma imzolasa, Gollandiya terma jamoasi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, ushbu yurt terma jamoasi ikkita katta musobaqani o‘tkazib yuborganidan so‘ng, endigina oyoqqa turayotgan edi.
Qahramonimiz “Vitess”ni ham mavsum o‘rtasida “Ayaks”dan kelib tushgan taklif sababli yolg‘iz qoldirgan edi. Birozdan so‘ng, PSVni ham yarim yo‘lda “Valensiya” uchun tashlab ketgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajam emas. O‘z vaqtida Ronald bu tryukni APLda ham namoyish etgan. “Sautgempton” bilan ajoyib natijalar qayd etayotgan murabbiy “Everton”ning muoliyaviy yaxshiroq taklifi oldida inadamay tura olmagan edi.
Afsuski, “Everton” Kummani dunyoning eng katta maosh oluvchi 10 ta murabbiyidan biriga aylantirgan bo‘lsa ham jamoa kuchli to‘rtlikka kira olmadi. Kuman transferlarga sarf etgan millionlar esa, shunchaki havoga uchib ketdi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *