Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Muxlislar APLning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Muxlislar APLning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Автор: admin

«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane muxlislar versiyasiga ko‘ra Angliya premyer-ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Professional futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu sovrin uchun Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold (ikkisi — «Liverpul»), Jeymi Vardi («Lester»), Rahim Sterling va Kevin De Breyne (ikkisi — «Manchester Siti») kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishgan edi.

Mane APLning 2019/2020 yilgi mavsumida 18ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi. U «Liverpul» tarkibida Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Professional futbol assosiasiyasi versiyasiga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi sifatida Kevin De Breyne tan olingan edi.
Manba: sport24.ru
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *