Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Nasaf» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 4-o‘ringa chiqib oldi

Superliga. «Nasaf» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 4-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Toshkent shahri va viloyatida markazlashgan holda o‘tkazilayotgan Superliga 10-turi doirasida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi «Nasaf» jamoasi Ulug‘bek Baqoyev boshqaruvidagi «So‘g‘diyona»ga qarshi maydonga tushdi.
Bekobodda o‘tkazilgan uchrashuvda Qarshi jamoasi Jizzax klubi ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Islom Kenjaboyev, Bobur Abdixoliqov va zaxiradan maydonga tushgan Husain Norchayevning kiritgan gollari vohaliklar g‘alabasini ta’minladi – 3:0.
Ushbu g‘alabadan keyin «Nasaf» ochkolari sonini 19taga yetkazib, Superliga turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib oldi. «So‘g‘diyona» esa 11 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.
Superliga. 10-tur
«Nasaf» - «So‘g‘diyona» - 3:0
17 avgust. Bekobod

Bosh hakam: Asker Najafaliyev
Gollar: Islom Kenjaboyev 15 penalti, Bobur Abdixoliqov 36, Husain Norchayev 90.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Nematov, 5. G‘olib G‘aybullayev (4. Husniddin Aliqulov, 75), 8. Dilshod Saitov (15. Jo‘rabek Mannonov, 75), 10. Bobur Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjaboyev (7. Dilshod Rahmatullayev, 70), 22. Akmal Mozgovoy (19. Husain Norchayev, 70), 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (25.Muhriddin Zoirov, 87), 88. Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov (18.Shavkat Mullajonov, 46), 4.Elyor Oripov, 7.Sanjar Rashidov (14. Daniel Nasriddinov, 65), 8. Jamshid Boltabayev, 10.Shohruz Norxonov (20. Bahodir Nasimov, 65), 11.Jasur Hasanov, 12. San’at Shixov, 21. Sahob Rashidov (19. Javohir Qahramonov, 46), 22.Shahboz Jo‘rabekov (5.Ayubxon No‘monov, 39), 93. Marko Kolakovich.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *