Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. OKMK «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 1-pog‘onaga chiqib oldi

Superliga. OKMK «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 1-pog‘onaga chiqib oldi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionatining 10-turida OKMK «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab Suhrob Sultonov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida olmaliqliklar legioneri Yovan Jokich muvozanatni tikladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Zafar Polvonov va Jasur Umarov tomonidan urilgan gollar Mirjalol Qosimov jamoasiga 3 ochko keltirdi.
G‘alabadan so‘ng OKMK ochkolarini 24taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Lokomotiv» 12 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi. 
Superliga, 10-tur
OKMK – Lokomotiv 3:1

17 avgust, «Bunyodkor» stadioni
Gollar: Yovan Jokich (47), Zafar Polvonov (88), Jasur Umarov  (90+1) – Suhrob Sultonov (36, avtogol).
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov.
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 84), Dilshod Jo‘rayev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Shahzod Nurmatov, 84), Bahrom Abdurahimov (Sanjar Tursunov, 46, Jasur Umarov, 90), Arslonmurod Amanov (Murod Toshmatov, 74), Zafar Polvonov, Hojimat Erkinov.
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Kaxa Maxaradze, Farruh Ibrohimov, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Vadim Afonin (Ibrohim G‘anixonov, 74), Avaz O‘lmasaliyev, Javohir Alijonov (Davron Umirov, 60), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmayev.
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *