Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Jasur Jaloliddinovning agenti: “Jasurning “Lokomotiv”ga transferi billurdek shaffof”

Jasur Jaloliddinovning agenti: “Jasurning “Lokomotiv”ga transferi billurdek shaffof”

Автор: admin

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous mijozining “Lokomotiv Moskva” jamoasiga o‘tishi masalasida yuzaga kelgan muammo haqida gapirdi.
Jaloliddinov iyul oyida “Lokomotiv” safiga borib qo‘shildi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq Professional futbol Ligasi (PFL) futbolchining transferi masalasida ish ochishni so‘rab, O‘FAga murojaat qilgandi.
Bu billurdek shaffof kelishuv bo‘ldi va bunga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas. Bilishimcha, “Bunyodkor”da rahbariyat o‘zgargan, avvalgi bosh direktor o‘rniga boshqasi kelgan. Agar ularga transfer bitimi kerak bo‘lsa, o‘zlari izlasin, o‘ylashimcha, uni “Lokomotiv”dan so‘rash mumkin.
Jasur “Lokomotiv”ga erkin agent maqomida keldi. Uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborish qarori qabul qilindi, shu bilan birga “Bunyodkor” buning uchun ko‘rsatilgan miqdorda pul oldi. Jasurning o‘zi yoki uchinchi shaxs tovon pulini to‘lashi mumkin edi, shunday bo‘ldi ham. “Bunyodkor” tovon pulini to‘liq oldi, qo‘shimchasiga klub FIFA nizomida ko‘rsatilgan futbolchini tarbiyalashga ketgan mablag‘ni ham qo‘lga kiritdi. “Bunyodkor” tomonidan hech qanday e’tiroz yo‘q, pulni Rossiyaning eng yaxshi klublaridan biri to‘lagan. Futbolchida ajoyib salohiyatlar bor.
Yuriy Belous, futbol agenti
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddinov “Lokomotiv” klubi Jasur transferi uchun 1 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashi va bu miqdorning 100 ming yevrosi “Bunyodkor”ga tegishi haqida xabar qilingandi.
Jaloliddinov 2019/20-yilgi mavsum O‘zbekiston chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *