Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Artur mast holatda avtomobil boshqarib YTHga uchradi

Artur mast holatda avtomobil boshqarib YTHga uchradi

Автор: admin

“Barselona” yarim himoyachisi, 30-avgustdan “Yuventus” futbolchisiga aylanadigan Artur YTHga uchradi.
Diari de Girona nashrining xabar qilishicha, futbolchi shaxsiy avtomobilida ko‘cha chirog‘iga borib urilgan. Politsiyachilar harakat vaqtida uni to‘xtatgan va o‘yinchining g‘alati ko‘rinishi sabab alkogol testidan o‘tishga taklif qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Artur Ferrari’ni boshqarib ketayotgan vaqtda mast holatda bo‘lgan. Voqea tongi soat 4:00 da Jirona (Kataloniya) atrofida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” iyul oyida Arturni 72 million yevro evaziga “Barselona”dan sotib olgandi. Kelishuvga ko‘ra, futbolchi 30-avgustdan turinliklar o‘yinchisiga aylanadi.
Avvalroq Artur Chempionlar Ligasi restarti oldidan “Barselona” tasarrufiga yetib kelmagan va o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortgandi.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *