Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Barselona” futoblchilari nishonda
 
Ispaniyaning “Barselona” klubi yozda bir nechta futbolchilarini transferga qo‘yishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Sifatli futbolchilarning transfer summasi pasayishidan “Manchester Yunayted” foydalanib qolish niyatida.
“Sport.es” nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” shortlistida Rakitich, Umtiti va Arturo Vidallar bor.
Bundan tashqari, klub Sanchoning o‘rnini Usman Dembele bilan to‘ldirish varianti ustida ham bosh qotirmoqda.
Upamekano trendda!
 
Madridning “Real” jamoasi “RB Leypsig» himoyachisi Dayot Upamekano transeri borasida “Bavariya” bilan kurashga kirishadi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” Dayotni Serhio Ramosning vorisi sifatida harid qilishni reja qilgan.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, “Bavariya” Jerom Boatengning o‘rnini aynan “buqalar” himoyachisi bilan to‘ldirmoqchi.
Ayni damda, klub o‘z futbolchisini sotib yubormoqchi emas. Katta ehtimol bilan, bu transferning taqdiri YECHL musobaqasi yakunlangach ma’lum bo‘ladi.
Auar qoladimi?

Fransiyaning “Lion” jamoasi yetakchisi Ussama Auar bilan bir nechta grand klublar qiziqib qolganidan xabaringiz bor.
“L’equipe” nashrining ma’lum qilishicha, “Arsenal” jamoasi Auarni qo‘lga kiritish uchun “taqachilar”ga 44 million funt va Matteo Gunduzini taklif etgan, biroq “Lion”gab u manzur kelmagan.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub o‘z futbolchisining transferidan sof 70 million yevro ishlab olish niyatida.
Jeyms Uord-Prouz qoladi

Angliyaning “Sautgempton” klubi sardori Jeyms Uord-Prouz kelajagi borasidagi masalani hal etdi.
Klub rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani 2025-yilga qadar uzaytirgan.
Hozircha, ushbu kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmagan. Transfermarket portali 25 yoshli futbolchini 18 million yevroga baholamoqda.
Pep qoladimi?
 
“Manchester Siti” klubi rahbarlari Gvardiolaning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
Unga ko‘ra, klub ispaniyalik murabbiyni YECHLdagi omadsizliklarga qaramay to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va kelasi mavsum oldidan transferlar uchun katta pul ajratadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Pep Gvardiolaning o‘rnini Pochettino egallashi haqida xabarlar paydo bo‘layotgan edi. Endlikda, “shaharliklar” murabbiy bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash borasida ish olib borishmoqda.
199   
Добавить комментарий
Ваше имя: *