Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rasman: «Barselona» prezidentligi uchun saylov qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

Rasman: «Barselona» prezidentligi uchun saylov qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu kamida keyingi yil 15 martga qadar jamoa rahbarligida qoladi. Bu haqda klub rasmiy saytidaxabar qilingan.
Manbada aytilishicha, hozir prezidentlik saylovlarini o‘tkazishning imkoni yo‘q. Bunga sabab sifatida mavsum 12 sentyabrda boshlanishi keltirilgan.
«Direktorlar kengashi klub boshidan kechirayotgan og‘ir holat uchun javobgarlikni bo‘yniga olgan holda klub prezidentligi uchun saylovlari 2021 yil 15 martdan keyingi ilk o‘yin kunida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Direktorlar kengashi yangi mavsum 12 sentyabrda boshlanishini inobatga olgan holda prezidentlik saylovlarini hozir o‘tkazishning imkoni yo‘qligini ma’lum qiladi. Shuningdek, pandemiya sharoitida saylovlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas.
Shunday ekan klub yuzaga kelgan muammo bo‘yicha, xususan asosiy tarkib bo‘yicha ishlarni mavjud tanlangan yo‘l bo‘yicha va amaldagi rahbariyat bilan davom ettiradi. Klub byudjetni yaxshilash ishlarini amaldagi prezident bilan uning muddati tugagunga qadar davom ettiradi», deyiladi klub bayonotida.
Xosep Bartomeu 2014 yildan buyon «Barselona» prezidenti lavozimida ishlab keladi. U bu lavozimni Xuan Laportedan keyin egallagandi. OAVda Lionel Messi Bartomeu rahbarligidagi «Barselona»da qolmasligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey