Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » David Silva «Real Sosedad»ga o‘tdi

David Silva «Real Sosedad»ga o‘tdi

Автор: admin

«Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirmay, jamoadan ketgan David Silva La Ligaga qaytdi. Jahon chempioni faoliyatini San-Sebastyanning «Real Sosedad» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sahifalarida e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Real Sosedad» Silva bilan 2022 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida ham «Manchester Siti»da bo‘lgani kabi 21-raqamda harakat qiladi.
Silva 2010 yil «Valensiya»dan «Manchester Siti»ga o‘tgandi. U 10 yil davomida shaharliklar bilan 4 marta Angliya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, 2 marta Angliya Kubogi, 3 marta Angliya superkubogi va 5 marta Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Silva Ispaniya milliy jamoasi safida ikki marta Yevropa chempionati va bir marta jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *