Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman «Barselona»dan niderlandiyalik futbolchini sotib olishni so‘radi

Kuman «Barselona»dan niderlandiyalik futbolchini sotib olishni so‘radi

Автор: admin

«Barselona» yozgi transferlar oynasida «Ayaks» yarimhimoyachisi Donni van de Bekni sotib olishi mumkin, deb xabar qiladi TNT Sports. 
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchini sotib olishni yaqin kunlarda «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlanadigan Ronald Kuman so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi qoniqarsiz natijalar tufayli jamoa bosh murabbiyi Kike Setenni ishdan bo‘shatdi. Jamoaga shu hafta ichida Kumanning bosh murabbiy etib tayinlanishi xabar qilinmoqda.
23 yoshli van de Bek «Ayaks» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan. Uning Amsterdam klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *