Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » David Silva «Manchester Siti» muxlislariga xayrlashuv xati yozdi

David Silva «Manchester Siti» muxlislariga xayrlashuv xati yozdi

Автор: admin

«Manchester Siti»dan «Real Sosedad»ga o‘tgan yarimhimoyachi David Silva «shaharliklar» muxlislariga xayrlashuv xatini yozdi.
«Vaqt keldi. 10 yil va 13ta sovrindan so‘ng mening hayotim va faoliyatimda o‘chmas iz qoldirgan klub bilan xayrlashish vaqti keldi. Ortga qarab, 2010 yilda «Manchester Siti»ning loyihasiga rozi bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq qaror qabul qila olmasligimni tushunaman.
«Manchester Siti» bilan birga ulg‘aydik. Shu 10 yil ichida ham inson, ham futbolchi sifatida rivojlandim. Ko‘plab g‘alabalarni nishonladim, aql bovar qilmaydigan lahzalarni o‘tkazdim. Chiroyli o‘g‘lim Mateoning qanday tug‘ilishini ko‘rdim. «Manchester Siti» ajoyib oiladir. Hayotimning eng og‘ir damlarini boshdan kechirganimda, ular menga qanday yordam berishgani va hamdardlik bildirishganini hech qachon unutmayman. 
Jamoaning moviyrang libosini kiyish, sardorlik bog‘ichini taqish, kiyinish xonasida dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari va murabbiylari bilan bo‘lish, klubning xodimlari bilan ishlash juda yoqimli edi. Eng muhimi, o‘tgan vaqt ichida yaxshi va yomon lahzalarda muxlislar meni qo‘llab-quvvatlashdi. 
Umid qilamanki, «Manchester Siti» kelajakda yanada katta yutuqlarga erishadi. Jamoani masofadan turib qo‘llab-quvvatlayman. Siz doim mening yuragimda bo‘lasiz. Har bir «shaharlik»ni quchoqlab qolaman. Sizning David Silvangiz», – deya yozadi 34 yoshli yarimhimoyachi «instagram»dagi sahifasida.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *