Goal24.uz » O'zbekiston » Mirjalol Qosimov: “Qo‘pol xato tufayli gol o‘tkazdik”

Mirjalol Qosimov: “Qo‘pol xato tufayli gol o‘tkazdik”

Автор: admin

OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida “Lokomotiv”ga qarshi o‘yindan (3:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Chempionat bir tekisda o‘tmayotgani, ikkinchi tomondan tarkibimizda ko‘plab futbolchilar kasal bo‘lib tuzalishi bois barchaning jismoniy holati bir xil emas. Ba’zi kunlari 11-12 nafar futbolchi bilan mashg‘ulot olib bordik. “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda Vatsadze, Grigalashvili, Zonich, Tursunov asosiy tarkibga kiritilmadi. Abdurahimov ham sog‘lig‘idagi muammo bois birinchi bo‘limda almashtirildi. Bunday katta tanaffuslarda tayyorlanish qiyin, endi 29-avgustgacha yana uchta o‘yin bor. Kimdir tiklanadi, kimnidir jismoniy holatini ko‘taramiz.
Jamoaning kayfiyati yaxshi. Birinchi bo‘limda qo‘pol xato tufayli gol o‘tkazdik. Bu narsa istalgan futbolchi bilan sodir bo‘lishi mumkin. Tanaffusda ham yigitlarga tayinladim, do‘stingiz uchun o‘ynanglar deb. Ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zlari uchun ham, Dilshod uchun ham o‘ynashdi. Bu o‘z samarasini berdi.
Barcha klublar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilmoqda?  Bu narsa nima bilan tugashini tushunmayapman. Futbol jurnalistlari va mutaxassislar bu haqda yozmoqda. Ertaga qilayotgan ishlarimiz nolga teng bo‘lsa bu yaxshi bo‘lmaydi. Nafaqat murabbiylar, futbolchilar, umuman o‘zbek futboliga ta’sir qiladi. Sport bu kurashish va nimagadir intilish. Buni yuristlar OFK vakillari bilan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.
Bir inson yoki bir tashkilot bir nechta klublarni boshqarishi mumkin emas, buni bilamiz. Ammo hujjatlarni o‘rganib chiqish kerak. Vaqtida ko‘rib chiqish shart. Aks holda bu terma jamoaga ham ta’sir qiladi. Agentlikka o‘tdi va ketdi deyish oson. Lekin qo‘yilgan maqsadlar bor. Murabbiy sifatida OChLga harakat qilmasam sport prinsipi nima bo‘ladi?
Ikkinchi qavatga chiqish uchun dastlab birinchi qavatga chiqish kerak. Mag‘lubiyatsiz seriya ortida mehnat, ishtiyoq yotibdi. Jamoaning, rahbariyatning, futbolchilarning, qorovuldan boshlab katta rahbargacha barchaning mehnati bor. To‘qqizta turda mag‘lub bo‘lmaslik o‘ziga xos kichik tarix, unga yana bitta o‘yin qo‘shishni istadik. Hech kim sizning qanday kiyim kiyganingizni yoki qancha mukofot puli olganingizni eslamaydi, arxivni ochganda jamoa natijalarini ko‘radi. Futbolchilar o‘z kasbidan rohatlanishi kerak. Lekin futbol shundayki, o‘tgan kuni “Manchester Siti” futbolchisi 4 metrdan gol ura olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. Shu bois g‘alabalardan xursandman, agar seriyamiz davom etsa qilgan mehnatlarimiz bekorga ketmagan bo‘ladi
Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi
OKMK 10-turga kelib 24 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Olmaliqliklar 11-turda “Andijon”ga qarshi bahs yuritadi
56   
Добавить комментарий
Ваше имя: *