Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Venger Kumanning o‘rnini egallashga tayyor

Venger Kumanning o‘rnini egallashga tayyor

Автор: admin

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Niderlandiya milliy jamoasini boshqarishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik mutaxasssis Niderlandiya futbol assotsiatsiyasiga «Barselona»ni boshqarishi kutilayotgan Ronald Kumanning o‘rnini egallashga tayyorligini bildirgan. Avvalroq Vengerning «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishdan bosh tortgani haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 70 yoshli murabbiy 2019 yil noyabr oyidan beri FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab keladi. U 1996-2018 yillar oralig‘ida «Arsenal»ni boshqarib, 17ta sovrin yutgan.
Eslatib o‘tamiz, Kumanning Niderlandiya futbol ittifoqi bilan tushgan shartnomasida, agar u «Barselona»dan taklif olsa, Yevro-2020dan so‘ng lavozimini tark etishi mumkinligi haqidagi band bor.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *