Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Tuxel «Leypsig»ga qarshi o‘yin va Mbappening holati haqida gapirdi

Tuxel «Leypsig»ga qarshi o‘yin va Mbappening holati haqida gapirdi

Автор: admin

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o‘rin olgan «Leypsig»ga qarshi bahs oldidan o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.
«Yarimfinalga chiqdik, chunki bunga loyiqmiz. Mavsumni a’lo darajada o‘tkazdik va har bir o‘yinni jiddiy ko‘rib chiqdik.  O‘tmish haqida emas, hozirgi kun haqida gapiramiz. Muvaffaqiyatga intilamiz. Astoydil mehnat qilayotganimiz samara berishini xohlaymiz.
«Leypsig» – xuddi «Atalanta» kabi yuqori bosim o‘tkazuvchi, yosh va tezkor jamoa. Bizning o‘z uslubimiz bor, ularning ham o‘ziga xos xususiyatlari bor. «Leypsig» o‘yindan o‘yinga taktikani o‘zgartirayotganini bilamiz. Shuningdek, ular buni o‘yin davomida ham qilishadi va o‘zgarishlarga moslasha olishadi.
Mbappe? U «Atalanta»ga qarshi 30 daqiqa harakat qildi. Hammasi joyida. Uning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanish uchun 6 kun vaqt bo‘ldi. U o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. So‘nggi mashg‘ulotdan keyin yakuniy qarorga kelamiz», – deb Tuxelning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
«PSJ» – «Leypsig» o‘yini bugun, 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *