Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » «Leypsig» bosh murabbiyi Neymar va Mbappeni qanday to‘xtatmoqchi ekanini aytdi

«Leypsig» bosh murabbiyi Neymar va Mbappeni qanday to‘xtatmoqchi ekanini aytdi

Автор: admin

"RB Leypsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida "PSJ"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Men o‘yingacha o‘z taktikamni oshkor qilmayman. "Atletiko"ga qarshi biz 3 himoyachi bilan o‘ynamadik. Chunki bunga hojat yo‘q edi. Barcha o‘yinchilar sog‘-salomat, yaxshi ishlashmoqda, va albatta, bizda motivasiya yuqori. Faqat "PSJ" haqida o‘ylamasdan, o‘z o‘yinimizni namoyish etishga e’tiborni qaratamiz.

Mavsum qayta boshlanganidan keyin biz o‘zimiz istagan o‘yinni deyarli ko‘rsata olmayapmiz. Lekin yomon o‘ynab ham g‘alaba qozonish mumkin. O‘yinchilarda haqiqatan ham g‘alaba qozonish ishtiyoqi mavjud. Biz g‘alabaga chanqoqmiz. Men buni ularning yuzlarida ko‘ryapman. Biz "Atletiko"ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdik, endi esa "PSJ"ga qarshi o‘yinda finalga chiqish imkoniyatiga egamiz.

Neymar va Mbappening oldindan nima qilishini aniqlash qiyin. Ularga qarshi jamoaviy mudofalanish lozim. Qiyin bo‘ladi, ammo biz "PSJ"ning bosimini bartaraf etib, ularni ishlashga majbur qilamiz. Har ikki jamoa hujumkor o‘yin qilganida futbol qiziqarli bo‘ladi", - dedi Yulian Nagelsmann.

Eslatib o‘tamiz, "Leypsig" - "PSJ" o‘yini 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: ua-football.com
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *