Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa ligasi. «Sevilya» - «Inter». Final oldidan faktlar

Yevropa ligasi. «Sevilya» - «Inter». Final oldidan faktlar

Автор: admin

Yevropa ligasining finalchilari ma’lum bo‘ldi. Sovrin uchun «Sevilya» va «Inter» jamoalari kurash olib borishadi.

«Sevilya» pley-off bosqichida «Roma» (2:0), «Vulverxempton» (1:0) va «Manchester Yunayted» (2:1) klublarini mag‘lub etib, finalga yetib keldi.

«Inter» esa finalgacha bo‘lgan yo‘lda «Xetafe» (2:0), «Bayer» (2:1) va «Shaxtyor» (5:0) jamoalarini musobaqadan chiqarib yubordi.

«Sevilya» o‘z tarixida UEFA kubogi/Evropa ligasi finalida oltinchi marta o‘ynaydi. Bu rekord natija hisoblanadi. Andalusiyaliklar avvalgi 5ta finalning barchasida g‘alaba qozonishgan.

«Inter» esa ikkinchi pog‘onada turadigan yevrokuboklar finalida 5 marta o‘ynagan. Ularning 3tasida "neradzurri" g‘alaba qozongan.

Yevropa ligasi final uchrashuvi 21 avgust kuni Kyoln (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da boshlanadi.
Manba: sport24.ru
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *