Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Erik Abidal bilan ham xayrlashdi

«Barselona» Erik Abidal bilan ham xayrlashdi

Автор: admin

«Barselona» sport direktori Erik Abidal Kataloniya jamoasini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti e’lon qilgan.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar shartnomani muddatdan avval bekor qilishgan. Fransiyalik sobiq futbolchi 2018 yilning iyun oyidan buyon «Barselona» sport direktori lavozimida faoliyat yuritib, Kataloniya klubi uchun omadsiz bo‘lgan Filippe Koutino, Usmon Dembele, Antuan Grizmann singari futbolchilarning transferini amalga oshirishda muhim rol o‘ynagan.
Avvalroq, klub bosh murabbiyi Kike Seten ham iste’foga chiqarilgandi. Tez orada Ronald Kuman klub bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» YeCHL 1/4 final bosqichida «Bavariya»ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘lib, 1946 yildan buyon ilk marta bir uchrashuvda 8ta gol o‘tkazib yuborgandi.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *