Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar Chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin

Neymar Chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Neymar «RB Leypsig» himoyachisi Marsel Xalstenberg bilan futbolka almashgani uchun Yevropa chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin.

"The Sun" tarqatgan xabarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli UYEFA futbolchilarga o‘yindan keyin o‘zaro futbolka almashishni taqiqlagan. Tibbiy protokolga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik bitta o‘yindan iborat diskvalifikasiya va 12 kunlik majburiy karantinga olib keladi.

Neymar va Xalstenberg o‘rtasidagi futbolka almashish jarayoni telekameralarga muhrlanib qoldi.
Manba: sport24.ru
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *