Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va ramziy terma jamoa aniqlandi

Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va ramziy terma jamoa aniqlandi

Автор: admin

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi.

Argentinalik futbolchi musobaqa yarim finali doirasida “Shaxtyor”ga qarshi kechgan bahsda (5:0) ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Mazkur sovrin uchun “Inter”ning yani bir forvardi Romelu Lukaku, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh va “Sevilya” darvozaboni Yassin Bunu da’vogarlik qilgandi.
Shuningdek, UEFA hafta ramziy terma jamoasini ham e’lon qildi.
Darvozabon: Samir Handanovich (“Inter”);
Himoyachilar: Serxio Regilon (“Sevilya”), Stefan de Vrey, Danilo D`Ambrozio (ikkisi — “Inter”);
Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Marselo Brozovich, Nikolo Barella (ikkisi — “Inter”), Suso, Xesus Navas (ikkisi — “Sevilya”);
Hujumchilar: Lautaro Martines, Romelu Lukaku (ikkisi — “Inter”).
48   
Добавить комментарий
Ваше имя: *