Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kumanning «Barselona»dagi ikki yordamchisi ma’lum, ulardan biri – kataloniyaliklarning sobiq hujumchisi

Kumanning «Barselona»dagi ikki yordamchisi ma’lum, ulardan biri – kataloniyaliklarning sobiq hujumchisi

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq hujumchisi Henrik Larsson Kataloniya klubiga bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Ronald Kumandan taklif oldi. Niderlandiyalik murabbiy Larssonni o‘zining murabbiylar shtabida ko‘rmoqchi.
AS'ning yozishicha, shvetsiyalik sobiq futbolchi «Barsa»da hujumchilar murabbiyi bo‘lib ishlaydi.

Shuningdek, Kumanning murabbiylar shtabidan iyun oyida «Hoffenhaym»dan iste’foga chiqarilgan Alfred Sxroyder ham o‘rin egallaydi. 
Ma’lumot uchun, 48 yoshli Larssonning so‘nggi ish joyi Shvetsiyaning «Helsinborg» klubi edi. U «Barselona»da 2004-2006 yillar oralig‘ida 40ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va jamoa bilan 2006 yilgi YeCHLda g‘alaba qozongan.
58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *