Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «Lion» bosh murabbiyi: «Bavariya»ning kuchsiz jihati yo‘q»

«Lion» bosh murabbiyi: «Bavariya»ning kuchsiz jihati yo‘q»

Автор: admin

«Lion» bosh murabbiyi Rudi Garsiya Chempionlar ligasi yarimfinali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ishtaha ovqat mahali keladi, deyishadi. Hozirda finalga chiqishni istayapmiz va chiroyli o‘yin namoyish etib bunga erishish mumkin. Albatta, o‘yinimiz qanday chiqishi «Bavariya»ga ham bog‘liq. Bu jamoaning kuchsiz nuqtasi yo‘q. Ammo ideal jamoaning o‘zi bo‘lmaydi. Biz eng avvalo kuchli jihatlarimizni ko‘proq ishga solishimiz kerak. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, natijaga erisha olishimiz mumkin. Buning uchun eng avvalo o‘zimizga ishonishimiz shart», - deya Garsiyaning so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «Lion» - «Bavariya» o‘rtasidagi YeCHL yarimfinal bahsi bugun, 19 avgust kuni Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida o‘tkazladi. Uchrashuv soat 23:59da boshlanadi. Juftlik g‘olibi finalda «Pari Sen-Jermen»ga qarshi maydonga tushadi.
56   
Добавить комментарий
Ваше имя: *