Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ronald Kuman: «Barselona» – orzumdagi klub»

Ronald Kuman: «Barselona» – orzumdagi klub»

Автор: admin

Niderlandiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman «Barselona» bosh murabbiyiga aylanganidan keyingi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘zim to‘p surgan Niderlandiya milliy jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf edi. So‘nggi ikki yarim yil ichida «lolaranglilar» muvaffaqiyati uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Ortga qarab bu jamoa bilan nimalarga erisha olganimizdan faxrlanaman. Niderlandiya milliy jamoasini yorqin kelajak kutmoqda, men bunga ishonaman. 
Hamma bilsa kerak, «Barselona» – orzuimdagi klub edi. Bu jamoani boshqarish hayotimdagi alohida bir voqelik», - dedi Kuman.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis Niderlandiya milliy jamoasini 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Kuman bosh murabbiylik faoliyatini 2000 yilda boshlab, hozirgi kungacha «Vitess», «Ayaks», «Benfika», PSV, «Valensiya», AZ, «Feyenoord», «Sauthempton» va «Everton» klublarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Kuman futbolchilik faoliyati davomida 1989 yildan 1995 yilga qadar «Barselona» safida to‘p surgan. Sobiq himoyachi «ko‘k-anorranglilar» bilan 4 karra Ispaniya chempioni, uch karra Superkubok g‘olibi, ikki martadan Ispaniya kubogi va Yevropa chempionlar kubogi hamda UEFA Superkubogini yutgan.
89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *