Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «PSJ» YECHL finaliga chiqquncha klub xo‘jayini qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

«PSJ» YECHL finaliga chiqquncha klub xo‘jayini qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«PSJ» Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida «RB Leypsig» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marta musobaqa finaliga chiqdi.

Statistik ma’lumotlarni berib boruvchi MisterChip tvitteri hisob-kitobiga ko‘ra, Nosir al-Helayfiy 2011 yilda jamoani sotib olganidan buyon hozirgi kunga qadar transferlar uchun 1,3 mlrd yevrodan ortiq pul sarflagan.

«PSJ» bu vaqt davomida umumiy miqdorda 443 mln yevroga futbolchi sotgan. Shu tariqa, transfer balansi minus 860 mln yevroni tashkil etdi.

«PSJ» xarid qilgan eng qimmat 6 nafar futbolchi:
Neymar — 222 mln yevro;
Kilian Mbappe — 145 mln yevro;
Edinson Kavani — 64,5 mln yevro;
Anxel Di Mariya — 63 mln yevro;
Mauro Ikardi — 50 mln yevro;
David Luis — 49,5 mln yevro.

Al-Helayfiy boshqaruvida «PSJ» o‘z tarixida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritdi: Fransiya chempionati — 7 marta, Fransiya kubogi — 8 marta, Fransiya liga kubogi — 7 marta, Fransiya superkubogi — 7 marta).
Manba: sport24.ru
100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *