Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ronalduga yana bir yangi xaridor chiqdi. Ular to‘purarni Angliyaga qaytaradi

Ronalduga yana bir yangi xaridor chiqdi. Ular to‘purarni Angliyaga qaytaradi

Автор: admin

Ronaldu ilk katta transfer bo‘ladi
Arab shayxlariga armon bo‘lgan “Nyukasl”ga yangi xaridor chiqmoqda. Singapurning Bellagraph Nova Group (BNG) kompaniyasi tez orada “Nyukasl”ni sotib olmoqchi va bu loyihani 280 million funtga baholamoqda.
Mazkur kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Nereydes De Burbon agar “Nyukasl” ularning boshqaruviga o‘tsa, tashkilot rahbarlari birinchi bo‘lib Krishtianu Ronalduning transferini amalga oshirishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ayni paytda kompaniya portugaliyalik futbolchining agenti bilan transfer bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazmoqda.
Bundan bir necha soat oldin, “Yuventus” Krishtianu Ronalduni sotib yubormoqchi ekani va uning agenti Jorje  Mendesh futbolchiga yangi jamoa qidirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
BNG kompaniyaning oxirgi moliyaviy hisobotida 9,2 milliard funt foyda olingani ko‘rsatilgan. Bu kompaniya ikki oy muqaddam ikkita yirik korporatsiyaning birlashishi natijasida vujudga kelgan.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *