Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Men prezident bo‘lsam, Kumanni bir kun ham ishlatmayman!"

"Men prezident bo‘lsam, Kumanni bir kun ham ishlatmayman!"

Автор: admin

U qat’iy gapirdi
“Barselona” prezidentligiga nomzodlar biri Viktor Font klub atrofidagi voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Men ham barcha kataloniyaliklar kabi 2:8 hisobidagi  mag‘lubiyatdan sharmanda bo‘lganimni his qildim. Chempionlar ligasidan uchib ketganimizni butun dunyo ko‘rdi. Vaziyat borgan sari yomonlashyapti. Bartomeu hech narsa bo‘lmaganday intervyu beryapti. Bu muvaffaqiyatsizlar uning xatolari oqibati. Mag‘lubiyatdan keyin iste’fo berishi kerak edi. Bartomeu “Barselona” tarixidagi eng yomon murabbiylardan biri.
Kuman murakkab paytga kelgani uchun undan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Juda yomon tanlov. U jamoa afsonasi. Lekin tuzulmasi shakllanmagan  va kelajak uchun loyihasi bo‘lmagan klubga kelishi bu katta xavf.
Agar men saylovlarda g‘olib chiqsam, Kuman mavsumni zo‘r o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, uni bir kun ham ishlatmayman. Men qarorimni o‘zgartirmayman. “Barselona” faqatgina Xavi boshqarishi kerak. U klubning har bir bo‘lagi bir biriga mutanosib ishlashi kerakligini yaxshi tushunadi, - dedi Viktor Font.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *