Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourinoga «Real» futbolchisi kerak

Mourinoga «Real» futbolchisi kerak

Автор: admin

«Tottenhem» «Real» vingeri Garet Beyl bilan shartnoma imzolamoqchi, deb xabar beradi Elespanol.

Manbaga ko‘ra, transferga «shporlar» bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi qiziqmoqda. 
Avvalroq «Real» 17 futbolchisi bilan xayrlashmoqchi ekanligi, ular orasida Beyl ham borligi xabar qilingandi. Lekin 31 yoshli uelslik futbolchining agenti Jonatan Barnett mijozining Madrid klubini tark etish niyati yo‘qligi haqida aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» muxlislari Beylni «Real»ning 2019/20 yilgi mavsumidagi eng yomon o‘yinchisi deb topishdi. U yakunlangan mavsumda La Ligada 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *