Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Suaresga jamoadan ketishi kerakligini aytdi

«Barselona» Suaresga jamoadan ketishi kerakligini aytdi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares bilan xayrlashishni maqsad qilgan, deb yozadi jurnalist Jota Jordi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 33 yoshli urugvaylikka jamoani tark etishi kerakligini xabar qilgan.
Avvalroq futbolchi sobiq jamoasi «Ayaks»ga qaytishi mumkinligi haqida aytilgandi. Suares Niderlandiya klubida 2007-2011 yillar oralig‘ida to‘p tepgan.
Suares «Barselona»da 2014 yildan beri o‘ynaydi. U o‘tgan mavsumda La Ligada 28ta bahsda maydonga tushib, 16ta to‘p kiritgan va 8ta golga assistentlik qilgan.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *