Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman «Barselona»ga taklif etmoqchi bo‘lgan dastlabki futbolchi ma’lum bo‘ldi

Kuman «Barselona»ga taklif etmoqchi bo‘lgan dastlabki futbolchi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman «Liverpul»ning niderlandiyalik yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldumni Kataloniyaga taklif etmoqchi, deya xabar bermoqda AD.

Manbaning yozishicha, Veynaldum va «Liverpul» 2021 yilda yakunlanadigan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha bir necha oydan buyon muzokara olib borayotgan bo‘lsa-da, kelishuvga erisha olmayapti. 
Qayd etilishicha, Kuman Niderlandiya milliy jamoasidagi sobiq shogirdiga «Liverpul» bilan shartnomani uzaytirmaslikni so‘rab, uni «Barselona»ga chaqirishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Veynaldum 2019/20 yilgi mavsumda klubi safida jami 47 o‘yinda maydonga tushib, 6ta golga mualliflik qilgan.
53   
Добавить комментарий
Ваше имя: *