Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suaresning sobiq klubi hujumchi uchun «Barsa»ga 15 million yevro taklif qildi

Suaresning sobiq klubi hujumchi uchun «Barsa»ga 15 million yevro taklif qildi

Автор: admin

«Ayaks» klubi «Barselona» hujumchisi Luis Suaresni Niderlandiyaga qaytarish borasida ish olib bormoqda.
El Chiringuito’ning xabar berishicha, Amsterdam klubi 33 yoshli urugvaylik forvard uchun Kataloniya klubiga 15 million yevro taklif qilgan. «Ayaks»dan tashqari «Yuventus» ham Suaresga qiziqish bildirgan. 
Avvalroq, «Barselona»ning Suares bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Hujumchi yakunlangan mavsumda La Ligada 28 o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol hamda 8ta golga hammualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Suares «Ayaks» safida 2007 yildan 2011 yilga qadar faoliyat yuritib, 159 o‘yinda 111ta gol kiritgan.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *