Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman «Barsa»dagi ishini bugun Messi bilan uchrashuvdan boshlaydi

Kuman «Barsa»dagi ishini bugun Messi bilan uchrashuvdan boshlaydi

Автор: admin

«Barselona» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman klubdagi dastlabki kungi ishini Lionel Messi bilan uchrashishdan boshlaydi.
Marca nashrining yozishicha, Ronald Kuman bugun, 20 avgust kuni Lionel Messi bilan uchrashib, futbolchining klubdagi kelajagini muhokama qiladi. Yangi murabbiy «Bavariya»ga uchralgan mag‘lubiyatdan (2:8) keyin Lionelning yangi rejalar tuzayotganidan xabar topib, 33 yoshli futbolchining o‘zi bilan gaplashib olishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Kuman bilan belgilangan uchrashuv sababli Messi ta’tilga chiqishni ortga surgan.
Avvalroq, argentinalik futbolchiga «Manchester Siti» va «Inter» klublari qiziqish bildirayotgani, Messini taklif etish uchun barcha shartlarga rozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *