Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kumanning transfer rejalaridan o‘rin olgan uch futbolchi ma’lum bo‘ldi

Kumanning transfer rejalaridan o‘rin olgan uch futbolchi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaga taklif etmoqchi bo‘layotgan yana uch nafar futbolchining nomi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi As nashri.
Manbaning xabar berishicha, niderlandiyalik mutaxassisning transfer rejalaridan uch nafar futbolchi - «Manchester Siti» himoyachisi Erik Garsiya, «Ayaks» yarimhimoyachisi Donni van de Bek va «Inter» hujumchisi Lautaro Martines joy olgan.
Qayd etish lozim, Kuman Zigoo TV’ga bergan intervyusida hozirgidek pandemiya sharoitidagi moliyaviy qiyin davrda 5-6 nafar yangi futbolchini sotib olish qiyin bo‘lishi haqida gapirgandi.
Avvalroq, Kuman «Liverpul»ning niderlandiyalik yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldumni «Barselona»ga chaqirayotgani haqida xabar berilgandi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *