Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Koman Mbappeni Messiga o‘xshatdi

Koman Mbappeni Messiga o‘xshatdi

Автор: admin

«Bavariya» vingeri Kinsli Koman «PSJ»ga qarshi Chempionlar Ligasi finali oldidan raqib hujumchisi, hamyurti Kilian Mbappe haqida gapirdi.
«Men u bilan bir necha bor o‘ynaganman. Shuning uchun jamoaga turli maslahatlarni berishga harakat qilaman. Shuningdek, murabbiylarning videoko‘rsatmalari ham bor.
Kilian – maydonda vaziyatlar yaratadigan o‘yinchi. U Lionel Messiga biroz o‘xshab ketadi.
Mbappe final natijasini hal qilishga qodir, shuning uchun uni yaxshilab qo‘riqlashga harakat qilamiz», – deya Komanning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, «PSJ» – «Bavariya» o‘yini 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *