Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Chelsi” Markos Alonsoni sotadi. Unga narx belgilandi

“Chelsi” Markos Alonsoni sotadi. Unga narx belgilandi

Автор: admin

Londonning “Chelsi” klubi jamoa himoyachisi Markos Alonsoni sotishga qaror qildi. Bu haqida La Gazetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga Milanning “Inter”idan qiziqish bor. Milanliklar ustozi Antonio Konte vaqtida “Chelsi”da Alonso bilan birga ishlagan.
“Aristokratlar” Alonsoni sotishga tayyor. Klub uning narxini 30 million yevro qilib belgilagan.
Ta’kilanishicha, “Inter”ga Alonso uchun kurashda Madridning “Atletiko”si raqobat taqdim etishi mumkin.
Markos Alonso 2019/20-yilgi mavsum Angliya Premyer Ligasining 18 ta o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *