Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: Messi Kumanga «Barselona»dan ketmoqchi ekanini aytgan

Manba: Messi Kumanga «Barselona»dan ketmoqchi ekanini aytgan

Автор: admin

«Barselona» futbolchisi Lionel Messi jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashdi. Ispan OAVsida uchrashuv tafsilotlari paydo bo‘ldi.
RAC1 radiosining ma’lum qilishicha, Messi uchrashuv vaqtida Kumanga «Barselona»dan ketmoqchi ekani haqida aytgan. U «Bavariya»ga qarshi o‘yindan keyin o‘zida paydo bo‘lgan ketish istagidan hamon voz kecha olmayotganini aytgan. Manbaga ko‘ra, Messi jamoadagi kelajagi borasida aniq tasavvurga ega emasligini aytgan.
Messiga ayni damda ikki jamoadan aniq taklif bor. «Inter» u uchun 300 million yevro taklif qilgani haqida xabarlar chiqqandi. Shuningdek, «Manchester Siti» Messi uchun «Barselona» istagan pulni bermoqchi ekani ham ma’lum.
Oldinroq Kuman Messi dunyodagi eng kuchli futbolchi ekani va uning «Barselona»da qolishiga umid qilishini aytgandi. Niderlandiyalik murabbiyning klubdagi faoliyati aynan Messi bilan suhbatdan boshlangan.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *