Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kumanga «Lion» hujumchisi kerak

Kumanga «Lion» hujumchisi kerak

Автор: admin

«Lion» hujumchisi Memfis Depay faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
Kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman niderlandiyalik hamyurtini jamoasida ko‘rmoqchi. Mutaxassis bu haqda allaqachon rahbariyatga aytgan.

Ta’kidlanishicha, 26 yoshli Depay «Ayaks»ga qaytishi kutilayotgan forvard Luis Suares o‘rnini egallaydi va jamoa hujum chizig‘ini yoshartiradi.
Transferning amalga oshishiga Depayning arzon narxi imkoniyat yaratishi mumkin. Chunki Kataloniya klubi og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli yirik transferlarga qo‘l ura olmaydi.
Avvalroq Kuman jamoada «Manchester Siti» himoyachisi Erik Garsiya, «Ayaks» yarimhimoyachisi Donni van de Bek va «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesni ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabar qilingandi.
50   
Добавить комментарий
Ваше имя: *