Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messining transferi masalasida ikki klub futbolchining otasiga murojaat qildi

Messining transferi masalasida ikki klub futbolchining otasiga murojaat qildi

Автор: admin

«Barselona» sardori Lionel Messining klubdagi keyingi taqdiri mavhumligicha qolmoqda, deya yozadi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko‘ra, hozirda argentinalik futbolchining transferiga faqat ikki klub - «PSJ» va «Inter» qiziqish bildirmoqda. Parij va Milan klubi vakillari Messi masalasida uning agenti sanalmish otasiga murojaat qilgan. 
Qayd etilishicha, Fransiya klubi allaqachon Messini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, transferni UEFA sanksiyalariga uchramasdan tashkil etish yo‘llarini biladi. Qolaversa, Parij Lionelning o‘zi va uning rafiqasi Antonellaga juda yoqadi. Bu shaharda ularning aksariyat do‘stlari istiqomat qilishadi.
Avvalroq, Messi uchun asosiy da’vogar ekanligi aytilgan «Manchester Siti» klubi forvardni taklif etish borasida hozircha hech qanday ish boshlamagan. 
Aytilishicha, Messi bir necha oydan buyon «Barselona»dan ketish haqida o‘ylamoqda. Uni klubdagi ishlar va jamoa atrofidagi vaziyat qoniqtirmayapti. 
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Messining «Barsa» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashgani va unga jamoadan ketish niyati haqida gapirgani xabar qilingandi.
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *