Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus»ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

«Yuventus»ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Roma» hujumchisi Edin Jeko faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka di Marsioning yozishicha, Turin klubi bosh murabbiyi Andrea Pirloning shaxsan o‘zi bosniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Rim klubi Jeko jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lishiga qaramay, agar u klubini o‘zgartirishni istasa, takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Jeko 2015 yildan beri rimliklar sharafini himoya qilib keladi. U Italiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 35 uchrashuv o‘tkazib, 16 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Manba: daryo.uz
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *