Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanshtirishda davom etamiz.
“M-YU” futbolchisi nishonda

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi qanot himoyachisi Diogu Dalot yangi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi mumkin.
“Mirror” nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi bilan PSJ va “Everton” klublari jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Parij klubi Dalotni jamoani tark etgan Toma Menyening o‘rnini egallashini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Dalot APL uchrashuvlarida atigi 68 daqiqa harakat qildi holos.
“Borussiya M”ga yarim himoyachi kerak
 
“Sampdoriya” yarim himoyachisi Karol Linetti faoliyatini Bundesligada davom ettirishga yaqin turibdi.
TMW nashrining ma’lum qilishicha, 25 yoshli polyak bilan “Borussiya M” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan va uning transferi uchun 9 million yevrodan voz kechmoqchi.
Futbolchi va “Sampdoriya” o‘rtasidagi shartnoma kelasi mavsumda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, jamoa o‘z futbolchisini sotib yuborishga majbur.
“Marsel” “Gollivud” bilan aloqa chiqdi
 
Fransiyaning “Marsel” jamoasi bosh murabbiyi – Andrea Villash Boash “Bavariya” jamoasining yosh futbolchisi Mikael Kyuizansni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
TMW nashrining ma’lum qilishicha, “Marsel” 21 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda. Mikaelning nemis klubi bilan shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Bavariya” o‘z futbolchsini qo‘yib yuborishga tayyor, faqat “Marsel”dan Kyuizansga yuz foiz o‘yin amaliyoti taqdim etilishini talab qilmoqda.
Traore ketadimi?

Angliyaning “Vulverhempton” klubi vingeri Adama Traore keyingi mavsumda boshqa klub libosini kiyishi mumkin.
“Daily Mail”ning ma’lum qilishicha, “bo‘rilar” Adama borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan.
Ispaniyalik futbolchining klub bilan tuzilgan shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, klub uning transferidan 70 million funt ishlab olish niyatida.
Pogba qoladimi?
 
“Manchester Yunayted” jamoasi Pol Pogba borasida yakuniy qarorga keldi.
“Daily Star” nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” o‘z futbolchisini jamoada saqlab qolmoqchi va u bilan o‘rtadagi shartnomani 2024-yilga qadar cho‘zishni reja qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, yangi shartnomada Pogbaning maoshi ham 35 foizga ko‘tariladi va unga turli bonuslar taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartoma 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Agar, “qizil iblislar” shartnomani uzaytirmasa kelasi mavsumda Pogbani qo‘ldan chiqarib yuborishlari hech gap emas.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *