Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ispaniya termasining Millatlar Ligasi musobaqasi uchun tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatda “Barselona”dan atigi 2 futbolchi bor

Ispaniya termasining Millatlar Ligasi musobaqasi uchun tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatda “Barselona”dan atigi 2 futbolchi bor

Автор: admin

Ispaniya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Luis Enrike qaydnomaga 24 nafar futbolchini kiritdi. Ular orasida sakkiz nafar debyutant futbolchi bor: Unai Simon, Serxio Regilon, Erik Garsiya, Mikel Merino, Oskar Rodriges, Adama Traore, Ansu Fati va Ferran Torres
Darvozabonlar: David de Xea (“Manchester Yunayted”), Kepa Arrisabalaga (“Chelsi”), Unai Simon (“Atletik”);
Himoyachilar: Xesus Navas (“Sevilya”), Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Serxio Regilon (barchasi – “Real”), Pau Torres (“Vilyarreal”), Diyego Lyorente (“Real Sosyedad”), Xose Luis Gayya (“Valensiya”), Erik Garsiya (“Manchester Siti”);
Yarim himoyachilar: Fabian Ruis (“Napoli”), Tiago Alkantara (“Bavariya”), Serxio Buskets (“Barselona”), Rodri (“Manchester Siti”), Mikel Merino (“Real Sosyedad”), Dani Olmo (“Leypsig”), Oskar Rodriges (“Real”);
Hujumchilar: Rodrigo (“Valensiya”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosyedad”), Adama Traore (“Vulverhempton”), Marko Asensio (“Real”), Ansu Fati (“Barselona”), Ferran Torres (“Manchester Siti”).
Ispaniya Millatlar Ligasi doirasida 3-sentabr kuni Germaniya bilan o‘ynaydi, 6-sentabr kuni esa Ukrainaga qarshi bahs olib boradi.
318   
Добавить комментарий
Ваше имя: *