Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourino: «PSJ» aqlbovar qilmas xarajatlari bilan haligacha YeCHLni yuta olmagani - muvaffaqiyatsizlik»

Mourino: «PSJ» aqlbovar qilmas xarajatlari bilan haligacha YeCHLni yuta olmagani - muvaffaqiyatsizlik»

Автор: admin

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi natijalari haqida fikrlarini bildirdi.
«PSJ» aqlbovar qilmas xarajatlari bilan haligacha YeCHLni yuta olmagani - muvaffaqiyatsizlik. Bu klub so‘nggi 5-6 yildan buyon katta xarajatlarga qo‘l urib, top-futbolchilardan iborat ajoyib tarkibga ega bo‘lgandi. «PSJ» kamida ikki yil avval sovringa ega chiqishi kerak edi. 
Tiago Silva, Markinos singari futbolchilar jamoada bir necha yillardan buyon to‘p surib kelishmoqda. Zlatan Ibrahimovich, Kavani, Neymar, Mbappe – ajoyib hujumchilar. 
Albatta, Chempionlar ligasida zafar quchish bu jamoaning eng katta orzusi sanaladi. Aynan finalda yulduzlar o‘z so‘zlarini aytishlari kerak bo‘ladi. «PSJ» jamoaviy o‘yin borasida boshqa dunyo bo‘lmasa-da, jamoa o‘yinchilari aniq bizning sayyoramizdan emas», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirmoqda DAZN.
Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi YeCHL finali 23 avgust kuni Lissabonda o‘tkaziladi.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *