Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Lovren: «Ramosni atayin tirsagim bilan urganman, qasos olish maqsadida»

Lovren: «Ramosni atayin tirsagim bilan urganman, qasos olish maqsadida»

Автор: admin

«Zenit» himoyachisi Deyan Lovren Xorvatiya – Ispaniya (3:2) o‘yinida raqib himoyachisi Serxio Ramosni atayin tirsagi bilan urganini tan oldi.
«Ramosni atayin urdimmi? Ha, bo‘lishi mumkin. Modrich Ramosga bo‘lgan g‘azabimdan tinchlantirmoqchi edi, ammo uni tirsagim bilan atayin urdim. Shundan so‘ng oramiz ochiq bo‘ldi.
Ramosni hurmat qilaman, u juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Ammo qilig‘ini hazm qilolmayman. Futbolchilarni atayin jarohat yetkazuvchilarni jinim suymaydi. 
Bu mavzuni ko‘tarmoqchi emasman, ammo Ramos do‘stimga atayin jarohat yetkazdi deb hisoblayman. Shu tufayli bu qasos uchun qulay payt edi», – dedi Lovren.
Serxio Ramos Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumining finalida Muhammad Salohga nisbatan qattiqqo‘llik bilan o‘ynagan, natijada u jarohat olgan edi. Yakunda «Real» 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, sovrinni qo‘lga kiritdi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *