Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. OKMK zaxiradan tushgan o‘yinchilarning gollari evaziga «Andijon»ni mag‘lub etdi

Superliga. OKMK zaxiradan tushgan o‘yinchilarning gollari evaziga «Andijon»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionatining 11-turida OKMK «Andijon» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yinda hisobni vodiyliklar ochishganiga qaramay, Mirjalol Qosimov shogirdlari xuddi o‘tgan turda bo‘lgani kabi 3ta to‘p kiritishdi. E’tiborlisi, olmaliqliklar safida barcha gollarni zaxiradan maydonga tushganlar – Grigalashvili, Tursunov va Vatsadze urishdi.
G‘alabadan so‘ng OKMK ochkolarini 27taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Andijon» esa 6 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.
Superliga, 11-tur
Andijon — OKMK 1:3
21 avgust, Toshkent, TTYMI stadioni.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Timur Galeyev, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Adhamjon Ergashev
Gollar: Jamshid Hasanov (51, penalti) – Elguja Grigalashvili (61), Sanjar Tursunov (74), Mate Vatsadze (79).
Andijon – 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov (27.Muhammad Yo‘ldoshev, 78), 4.Farhod Mirahmatov, 7.Jamshid Hasanov, 8.Farhod Bekmuratov, 9.Emmanuel Arivachukvu, 10.Artyom Litvyakov (23.Timur Usmonov, 75), 11.Siroj Meliyev, 22.Usmonali Ismonaliyev, 33.Doniyor Abdumannopov, 88.Dmitro Zozulya.
OKMK  — 32.Suhrob Sultonov,  2.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov, 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo‘rayev, 61), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Shahzod Nurmatov, 56), 77.Arslonmirat Amanov (17.Sanjar Tursunov, 56), 9.Zafar Polvonov (21.Mate Vatsadze), 8.Hojimat Erkinov (7.Elguja Grigalashvili, 57).
Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov (10), Arslonmirat Amanov (47), Farhod Bekmuratov (82), Mate Vatsadze (90).
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *