Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares o‘rniga Van de Bek

Suares o‘rniga Van de Bek

Автор: admin

Bu rokirovka amalga oshadimi?
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, "Barselona" rahbariyati "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Donni Van de Bekning agenti Gvido Albers bilan kelishuvga erishgan. Agent mijozi uchun 6 yillik shartnoma so‘ramoqda.
Koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya sababli kataloniyaliklar moliyaviy inqirozga uchradi. Endi ular niderlandiyalik iste’dodning narxini tushirish uchun bu kelishuvga Luis Suaresni ham qo‘shmoqchi. Ayniqsa, urugvaylik forvardning o‘yini pasayganligi, yangi murabbiy Kuman unga qay darajada ishonch bildirishi aniq emasligi bu transferning amalga oshish imkoniyatini yanada oshiradi.
Avvalroq, Ronald Kuman yangi jamoasida terma jamoadagi bir nechta shogirdlarini ko‘rmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *