Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Kokorin «Spartak»da birorta o‘yin o‘tkazmasdan «Roma»ga ketishi mumkin

Kokorin «Spartak»da birorta o‘yin o‘tkazmasdan «Roma»ga ketishi mumkin

Автор: admin

Italiyaning «Roma» klubi «Spartak»dan hujumchi Aleksandr Kokorinni sotib olishi mumkin.
Bu haqda rossiyalik sharhlovchi va insayder Nobel Arustamyan yozdi. 
«Bilaman, bu imkonsizdek tuyulishi mumkin, ammo «Roma» Kokoringa bo‘lgan qiziqishni yo‘qotmagan. Rasmiy taklif yuborilmadi, ammo muzokaralar boshlangan. Yaqin orada «Roma» futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborsa ajab emas», — deb yozdi jurnalist.
Arustamyanning ta’kidlashicha, «Roma» klubi yaqinda amerikalik tadbirkor Den Fridkin tomonidan 591 mln yevroga sotib olinganidan so‘ng, Kokorin transferi haqidagi gap-so‘zlar paydo bo‘lgan.
Hujumchining «Roma»ga ketishi mumkinligini «Spartak» rahbariyati ham inkor qilmadi. Bosh direktor Shamil Gazizov bu haqdagi savolga javob berar ekan, Kokorin bilan «Yevropaga transfer qilinishi bo‘yicha kelishuv borligini» tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Kokorin 2020 yil avgust oyida «Zenit» bilan shartnomasi tugagani bois, erkin agent maqomida «Spartak» klubiga o‘tgan edi. Hozircha u «qizil-oqlar» tarkibida birorta o‘yinda maydonga tushmadi. Bu unda jarohat borligi bilan izohlanmoqda.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *